Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

"YOG'OCHLI SARDOBA"GA SAYOHAT


Sirdaryo viloyatidagi tarixiy yodgorliklardan biri bo‘lgan «Yog‘ochli Sardoba» viloyatda turizmni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

«Yog‘ochli sardoba» «Toshkent — Samarqand — Buxoro» shaharlarini bog‘lovchi avtomagistral yo‘l yoqasida joylashgan. Ushbu o‘ziga xos yodgorlik bu avtomagistral yo‘ldan o‘tuvchilar uchun ham qiziqarli bo‘lishi tabiiy.

Shu sababli yodgorlik turistik marshrutga kiritilsa, sayyohlar Mirzacho‘lning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga yordam beradi.

Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan “Bo‘ston” mahallasi yoshlarining Gumbaz qishlog‘ida joylashgan “Yog‘ochli Sardoba” tarixiy yodgorligiga sayohati tashkil qilindi.

Sayohat davomida yoshlarga ushbu yodgorlikning tarixi va buguni haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.