Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

SIRDARYOLIK YOSHLAR MEHNAT YARMARKASIDA ISH BILAN TA'MINLANDI


Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan "Bolalar va yoshlarni huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bo'limi bilan  hamkorlikda 4-sektordagi yoshlar uchun Sirdaryo tumani biznes aksellator binosida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 10 dan ortiq tashkilot va muassasalar 100 dan ziyod ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

Tadbirda zarur mutaxassisliklar va sohalar haqida yoshlarga aniq maʼlumotlar berildi.

Yarmarkada tuman  davlat xizmatlari markazi tomonidan yoshlarga 20 dan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbirda adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan “Beshbuloq”, “Ziyokor”, “Islomobod” hamda “Matonat” mahallasida yashovchi ishsiz, migratsiyadan qaytgan yoshlar ishtirok etishdi, jarayonda 5 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi.