Янгиликлар
17
BOLALAR VA YOSHLAR HUQUQLAR QONUN HIMOYASIDA
Mamlakatimiz yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy bazaga ega. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar birgalikda 4-sektor hududidagi “Binokor” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda dastlab yoshlar masalasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda 20 nafarga yaqin yoshlar mas’ullarga turli mazmundagi murojaatlar bilan yuzlandi.
Har bir murojaat tinglanib, ularga amaliy tavsiya va tushunchalar berildi hamda 10 ga yaqin muammoli masalalar ish yurituvga qabul qilindi.