Янгиликлар
20
"Nafosat" sirdaryolik ayollarni jamladi
“Nafosat” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, ular o‘rtasida milliy va zamonaviylik uyg‘unligidagi, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos liboslarni keng targ‘ib qiluvchi tanlov.
Sirdaryo viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda milliy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligida liboslar loyihalari va to‘plamlarini yaratayotgan dizaynerlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasidagi davra suhbatida viloyat adliya boshqarmasi mas’lu xodimi D.Umurzoqova mamalkatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Shundan so‘ng, tanlovga taqdim etilgan ishlar “Ishbilarmon va yetakchi ayol timsoli”, “Talaba qiz timsoli”, “Ijodkor ayol timsoli” hamda “O‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash san’ati” nominatsiyalarining shartlariga muvofiq ko‘rib chiqildi.
Hakamlarning yakuniy xulosalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan mukofotlanishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati