Янгиликлар
20
HUQUQIY DARS FOYDALI BO'LDI
Yangiyer shahar adliya bo'limi hamda shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda bitiruvchi yoshlarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ularning sud-huquq sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudi binosida huquqiy dars tashkil etildi.
Unda sud va adliya mas’ullari tomonidan tizimdagi islohotlar, adolat va qonun ustuvorligi haqida tushunchalar berildi.
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbir adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish barobarida, ularning muammo va takliflarini o‘rganish imkonini ham berdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.