Янгиликлар
20
O'QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi, Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Sirdaryo viloyat filiali hamkorligida Halima Hudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning o'z ijodiy ishlarini tijoratlashtirishga o'rgatish hamda mamlakatimizda yosh tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berish maqsadida o'quv-seminar tashkil qilindi.
Unda Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A.Axrorov mualliflik va turdosh huquqlar, mualliflik huquqi ob'ekti, mualliflik huquqining muhofaza belgilari, hammualliflik, intervyu mualliflari, muallaiflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilish usullari yuzasidan qonunchilikda belgilangan normalar haqida keng ma'lumot berdi.