Янгиликлар
20
Bugungi kun yoshlari - ertangi kun vatan himoyachilaridir
Mirzaobod tuman adliya bo'limi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda Mirzaobod tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani Bahoriston mahallasi yoshlari ishtirokida “Bugungi kun yoshlari – ertangi kun vatan himoyachilaridir” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida yoshlarga harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida yoshlarga Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berildi.