Янгиликлар
21
QAROR TARG'IBOTI
Yurtimizda energoresurslardan oqilona foydalanishni taminlash maqsadida joriy yilning 16-aprelida “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son Hukumat qaroriga asosan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar joriy qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida davlat organlari va tasghkilotlari mas'ul xodimlari uchun tashkil etilgan huquqiy targ'ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblari batafsil tushuntirilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.