Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

HUQUQIY SAVODXONLIKKA CHORLAB


“Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish" aksiyasi doirasida Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan  “Guliston”  mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida otaliqqa olingan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida tanlov hamda “Huquqiy zakovat” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarning qonunlarni bilishi, islohotlardan xabardorlik darajasi sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, “Zakovat”da mantiqiy fikr va kitobxonlik salohiyati charxlandi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ushbu tanlovlar yakuniga ko‘ra faol yoshlar rag‘batlantirildi.