Янгиликлар
21
VATANPARVARLIK VA MILLIY QADRIYAT
Boyovut tuman adliya bo‘limiga 1048 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
“Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida Shirin shahrida joylashgan 9940-sonli harbiy qismda tashkil etilgan tadbir boyovutlik yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyash maqsadiga xizmat qildi.
Uchrashuvda dastlab milliy armiyamizning kuch-qudrat va salohiyati, harbiy sohani takomillashtirishga qaratilgan islohotlar haqida keng ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, yoshlar harbiy qism faoliyati, harbiy xizmartchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Tadbir mobaynida harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.