Янгиликлар
22
ADLIYADA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"
Sayxunobod tuman adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, FHDY bo'limi ish faoliyati tanishtirilib, yoshlarga adliya bo'limi va uning tizimidagi tashkilotlarning vazifa hamda funksiyalari tushuntirildi.
Shuningdek ishtirokchilarda vatanparvarlik hissini uyg'otish, erta nikohning salbiy oqibatlari hamda yoshlarning kelajakda erkin kasb tanlashlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.