Янгиликлар
22
HUQUQIY DARS TASHKIL QILINDI
"Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida Guliston tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davron Abdullayev tomonidan 29-sonli umumta’lim maktabida huquqiy dars o‘tkazildi.
“Mustahkam oila yurt tayanchi” mavzusida tashkil etilgan mashg‘ulotda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar va bola huquqlari, gender tenglik kabi masalalarda fikr-mulohazlar bildirildi.
Tadbirda huquqiy viktorina, blits-savollar orqali yoshlarning qonunlarni bilishi, islohotlardan xabardorlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.