Янгиликлар
22
"Targʻibot poezdi" Sirdaryoda
Yoshlarning intellektual salohiyati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Men O‘zbekistonlikman” keng qamrovli loyihasi Sirdaryolik yoshlarni huquqiy bahs va munozaralarga chorladi.
Loyiha volontyorlari – Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari dastlab Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib, tengdoshlari bilan muloqot qildilar.
Uchrashuvda “Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi” shiori ostida talabalar va otaliqqa olingan yoshlarga “Mening startap loyiham”, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" mavzularida ma'lumotlar berildi.
Shundan so‘ng huquqiy savol-javoblar, viktorinalar o‘tkazilib, faol yoshlar rag‘batlantirildi.