Янгиликлар
09
SAYXUNOBODLIK YOSHLAR SPORT BILAN HAMNAFAS
Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan biriktiligan yoshlar bilan manzilli ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Tumandagi 39-sonli umumta’lim maktabida sportning shashka va shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning topqirligi va zehni, aql-idroki sinovdan o‘tkazildi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqa g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.