Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Vatanparvarlik va milliy qadriyat


Guliston shahar adliya bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamkorligida Guliston shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida keng ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.  

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar harbiylar hayoti bilan tanishtirildi, vatanga xizmat qilish muqaddas burch ekanligi tushuntirildi.