Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

MUZEYLAR TARIXDAN SO'ZLAYDI


Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 5 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ushbu muzeyda 3000 ga yaqin noyob eksponatlar eramizdan avvalgi II asrdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixdan so‘zlab turibdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari bugun ushbu manzilda bo‘lib, tarixiy-madaniy meroslar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey bosh mutaxassisi A.Norqulov  Sirdaryo vohasining boy tarixi, muzey fondidan joy egallagan tariximizning turli davrlariga oid noyob ashyolar va eksponatlar, uy-ro‘zg‘or va hunarmandchilik buyumlari, hayvon va qushlar tulumlari hamda voha tarixini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida batafsil so'zlab berdi.

Chindan ham, muzeylar tariximiz ko‘zgusi. Adliya xodimlari sayohat davomida tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an’analar hamda qadimiy yodgorliklar haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldilar.