Янгиликлар
13
HUQUQIY AXBOROT KUNI
Qulay atrof-muhitga ega bo‘lish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ularni huquqiy jihatdan muhofaza qilish, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bugungi kunda muhim masalalardan biri sanaladi.
Fuqarolarning ekologik huquqlari “Huquqiy axborot kuni” doirasida adliya va yoshlar muloqoti uchun mavzu bo‘ldi.
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 14-sonli maktabda tashkil etilgan tadbirda dastlab ekologiya va ekologik huquqlar haqida tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng, test savollari orqali o‘quvchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi va tadbir davomida olingan ko‘nikmalar mustahkamlandi.