Янгиликлар
15
Davlat ramzlari - faxrimiz ,g‘ururimiz
Davlatimiz ramzlari dunyo minbarlarida o’rin olgan, bayrog’imiz baland, madhiyamiz esa jarangdor. Albatta, ular xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini o’zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsollari hisoblanadi.
Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Davlat ramzlari - faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida O'rikzor MFYda joylashgan 29 va 30 -sonli umumta’lim maktablarida davlat ramzlarini eʼzozlash, milliy qadriyatlarni hurmat qilish mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Tadbirda davlat ramzlarining qabul qilinganlik tarixi, ramzlarning o’ziga xosligi haqida to’xtatilib o’tildi.