Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

SHASHKA O'YINIDA G'OLIBLAR ANIQLANDI


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazib turiladi.
Navbatdagi sport tadbirida adliya xodimlari shashkada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Ma’lumki, shashka aql ishlatishni talab qiluvchi, mantiqiy fikrlashga undovchi o‘yin.

Bellashuvda har bir o‘yinchi shashkalarni shashka taxtasi kataklari bo'ylab ma'lum bir tarzda harakatlantirishiga alohida e’tibor qaratib, g‘oliblikka intildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchi D.Umurzoqova, 2-o‘rinni nodavlat notijorat tashkilotlar bo'yicha bosh maslahatchisi Sh.Rasulov egalladi. 1-o‘rin Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi A.Axrorovga nasib etdi.