Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

SAYYOR QABULDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI O'RGANILDI


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Nazarov guliston shahar “Nurafshon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbir avvalida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilayotgani va mazkur aksiyaning maqsadi tushuntirildi, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari va qonunchilikdagi yangiliklarga to‘xtalib o‘tildi.

Sayyor qabul davomida ayollar daftariga ro‘yxatga olish, ish bilan ta’minlash,  pensiya tayinlash, FHDYga oid masalalar hamda boshqa kommunal sohalardagi muammolar bo‘yicha xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi va tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Sayyor qabulda o‘nlab murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida yechimini topdi. Ayrimlari esa ijro uchun yo‘naltirilib, ba’zilari xususida huquqiy tushuntirish berildi.
Yakunda shtirokchilarga xotin-qizlar huquqlari va qonunchilikdagi yangiliklarga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.