Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘z vaqtida to‘lab berilmagan ta'til pullari undirildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro D. Husanovning taʼtil pullari toʻlab berilmayotganidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro D. Husanov 2023-yil dekabr oyida mehnat taʼtiliga chiqqan hamda unga ish beruvchi Respublika Tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati filiali tomonidan 2 661 304 soʻm miqdoridagi taʼtil pullari toʻlab berilmasdan kelingan.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq Har yilgi mehnat taʻtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Har yilgi mehnat taʻtili vaqti uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʻtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, kodeksning 244-moddasida ish beruvchining oʻz moliyaviy ahvolidan qatʻi nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq toʻlashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab qoʻyish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda xodimlarning mehnatiga haq toʻlash sohasidagi asosiy kafolatlar biri sifatida nazarda tutilganligi belgilangan.

Shunga koʻra, Respublika Tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati filiali buxgalteriya boʻlimi va boshqa masʻul xodimlari tomonidan oʻz vazifalariga masʻuliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondashganligi oqibatida ushbu qonun talablari hamda fuqaro D. Husanovning huquq va manfaatlari buzilishiga sababchi boʻlgan.

Shunga ko‘ra, mazkur qonunbuzilishni bartaraf etish yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Respublika Tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati filialiga taqdimnoma kiritildi.

Natijada D. Husanovning murojaati qanoatlantirilib, o‘z vaqtida to‘lab berilmagan 2 661 304 soʻm miqdoridagi taʼtil pullari undirib berildi.



Timur Karimov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig'i