Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!


“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adxam Shayjigitov kirish so‘zi bilan ochib  barcha xodimlarni yangilanish va yasharish bayrami bilan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng samarali mehnatlari, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda qo‘shayotgan hissasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlar adliya vazirligi hamda boshqarmaning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda bir guruh notariuslar va ularning ota-onalariga O‘zbekiston Respublikasi notarial palatasining tashakkurnomalari topshirildi.