Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

ZIYO ULASH


Kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi jarayonlarning davomi sifatida "Ziyo ulash" aksiyasi Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida davom etdi.

Tuman adliya bo‘limi va Sirdaryo viloyati notarial palatasi tomonidan "Andijon" mahallasida tashkil etilgan kutubxonaning ochilish tadbirida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Kutubxonaga Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar, kopmyuter jamlanmasi, shuningdek,adabiyotlarning  elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shuningdek, bu yerda aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.