Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Islohotlarga_daxldorman


"Tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostidagi targ‘ibot aksiyasi Guliston davlat pedagogika institutida davom etdi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan aholi va yoshlar bandligini ta’minlash, mehnat qonunchiligi, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari” haqida keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlari, maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi hayotbaxsh islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir huquqiy savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, volontyorlar tomonidan o‘tkazilgan viktorina talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Yakunda faol ishtirok etgan talabalarga estalik sovg‘alari topshirildi.