Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

SAYYOR QABUL - AHOLI MUAMMOLARIGA HUQUQIY YECHIM


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adxam Shayjigitov Guliston tumani “Ishonch” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tadbir avvalida mahalla ahliga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun va qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi.

Shundan so‘ng tegishli tartibda fuqarolarning yer, ish haqini undirib berish, pensiya tayinlash va boshqa muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda o‘nlab murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida yechimini topdi. Ayrimlari esa ijro uchun yo‘naltirilib, ba’zilari xususida huquqiy tushuntirish berildi.