Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya boshqarmasi xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli poliklinikada adliya boshqarmasi va tizim xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Soha xodimlari o‘z salomatliklariga e’tibor qaratgan holda ertalabdan laboratoriyadan tortib, UZI, terapevt, xirurg, dermatolog, travmatolog, lor, okulist va hokazo mutaxassislar huzurida bo‘lishdi, ko‘rikdan o‘tib, tibbiy maslahat va tavsiyalar olishdi.  

Jarayon esa qat’iy tartibda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir kelgan xodim 2 soatga qolmay xotirjam ishiga qaytdi.

Adliya boshqarmasi tizimida 223 nafar  xodim faoliyat yuritadi. Bugun 100 ga yaqin xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Yil yakuniga qadar har chorakda har bir xodimni reja  asosida  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazish va  sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.