Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sayyor qabul xalq bilan muloqot qilishning samarali mexanizmi


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adxam Shayjigitovning Boyovut tumani "Laylakko'l" mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida 30 nafardan ziyod fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Jumladan, fuqaro K.Erbo'tayev ichimlik suvidan noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi. Ushbu masalada suvoqova korxonasiga bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan natija bo‘lmayotganini ma’lum qildi. X.Haydarova va X.Shodmonovaning murojaati imtiyozli uy-joy olish masalasida bo'ldi.

Sayyor qabulda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, nafaqa turini o‘zgartirish, ishga joylashish kabi mazmunda kelib tushgan 10 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 10 ta murojaat ish yurituviga olindi.

Ushbu manzilda mahalla ahli bilan uyushtirilgan muloqot samarali kechdi. Shu kuni Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida 10 nafar fuqarolarga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi.  Jarayonda K.Xudoyqulova hamda K.Sulaymonovning sanatoriyaga borish uchun navbatga qo'yish yuzasidan murojaatlari joyida ijoviy yechim topdi.

Shuningdek, tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi, firibgarlikning oldini olish bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Sayyor qabul nafaqat aholi muammolarini o'rganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilsh imkonini ham berdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati