Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Islohotlarga_daxldorman


Sirdaryo tumanida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘z tengdoshlari bilan suhbat o‘tkazdilar.

Uchrashuv rasmiyatchilikdan xoli, samimiy muloqot ruhida kechdi. Mamlakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-oqibat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash haqida so‘z bordi. Shuningdek, Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar haqida atroflicha so'z yuritildi.

Tadbirda huquqiy soha bo‘yicha viktorina tashkil etilib, faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.