Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

So'ragan edingiz...


Savol: Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik oqibatlari haqida to‘liq ma’lumot bersangiz?

Sherbek Pardayev, Sayxunobod tumani, Guliston MFY

Javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-1-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



Savolga Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Mavlanov, Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi A.Ganiyev javob berdi.