Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasida viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ishtirokida yigʻilish o'tkazildi


Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 22 ta xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bir qatorda aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Ayniqsa, sohadagi ochiqlikni eʼtirof etish joiz. “E-notarius” axborot tizimi har bir notariusning harakatini onlayn kuzatib borish imkonini bermoqda.

Tadbirda notariuslar tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Yakunda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, bu borada notariuslarda yuzaga kelgan savollarga masʼullar tomonidan tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati