Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Eng faol huquqiy targ‘ibotchi” tanlovi o‘tkazildi


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilishda davlat organlari va tashkilotlari yuriskonsultlarining rolini kuchaytirish, sohaga oid qabul qilingan qonun hujjatlarini targ‘ibotning samarali usullaridan foydalangan holda keng targ‘ib qilish orqali o‘zaro tajriba almashish muhitini yaratish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  “Eng faol huquqiy targ‘ibotchi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning dastlabki bosqichida 50 nafarga yaqin talabgor amalga oshirgan targ‘ibot ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdilar. Ular orasidan saralangan 10 nafar nomzod tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida test savollari orqali yuriskonsultlarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Uchinchi bosqich yakka tartibdagi suhbat asosida o‘tdi. Bunda ishtirokchilarning bilimi, notiqligi va hozirjavobligi baholandi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin Sirdaryo viloyat viloyati gimnastika sport maktabi bosh yuriskonsulti Farhod Tashtanovga, 2-o‘rin Bojxona boshqarmasi bosh yuriskonsulti Jaloliddin Toxirovga, 1-o‘rin Turizm boshqarmasi bosh yuriskonsulti Yoqubjon Soliyevga nasib etdi.

Gʻoliblar adliya boshqarmasining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati