Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

"Kontrafaktsiz oy" oyligi davom etmoqda


“Kontrafaktsiz oy” oyligi davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq xar yili fevral - mart oylarida “Kontrafaktsiz oy” oyligi tashkil etilmoqda. Joriy yil ham Adliya vazirligi va tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mazkur oylikni munosib oʻtkazish yuzasidan chora tabirlar Dasturi tasdiqlandi.
Oylik davomida bozorlar, savdo majmualari va koʻchma savdo maskanlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi.
“Kontrafakt” atamasi har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga nisbatan ishlatiladi. Mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlariga boʻlgan huquqni buzib takrorlangan yoxud tarqatilgan asarlar nusxalar ham shular sirasiga kiradi.
Kontrafakt maxsulot bu sifatsiz mahsulot, sogʻliq uchun zarar, ortikcha sarf-xarajat , tadbirkorlikning rivojlanishiga toʻsiqdir.
Kontrafakt tavarlar asosan isteʼmol mollarida xususan, oziq ovqat, qandolot, parfyumeriya mahsulotlari va eng achinarlisi farmatsevtika dori vositalarida ham uchrayotganligini aytib oʻtishimiz mumkin.
Adliya vazirligi tomonidan, ushbu kontrafakt mahsulotlarning kataloglari ishlab chiqilib, mazkur mahsulotlar roʻyxati kontrafakt.adliya.uz saytida doimiy yangilab borilmoqda.
Bugungi kunda, adliya boshqarmasi tomonidan mazukr katalogini tarqatish, fuqarolarimiz tomonidan kontrafakt mahsulotlar savdosi boʻyicha tezkor xabar berishlari uchun maxsus banner, QR-kod va boshqalar bozor va aholi gavjum joylarga joylashtirilgan. Bozorlar, savdo majmualari va koʻchma savdo maskanlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya bosharmasi intellektual mulk huquqlari himoyasi boʻyicha bosh maslahatchi A.Axrorov