Янгиликлар
19
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
2006 yil 20 iyulda O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Qonunning maqsadi fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuvlari yoki yeshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Muallif — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxsdir, huquq yegasi — mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo’rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo’rlari, fonogrammani tayyorlovchi, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo’yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar obektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq yetiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obektiv shaklda bo’lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq yetiladi:
yozma (qo’lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
og’zaki (omma oldida so’zlash, omma oldida ijro yetish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, yeskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g’oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga yemas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq yetiladi.
Quyidagilar mualliflik huquqi obektlaridir:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv, publisistik va boshqa asarlar);
drama va ssenariy asarlari;
matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
musiqali drama asarlari;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning boshqa asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog’-park barpo yetish san’ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o’xshash usullarda yaratilgan asarlar;
jo’g’rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo’g’rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, yeskizlar va asarlar;
barcha turdagi YeHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang’ich matn hamda obekt kodida ifodalanishi mumkin bo’lgan amaliy dasturlar va operasiya tizimlari;
ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.
Quyidagilar mualliflik huquqi obektlari bo’lmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to’xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqyealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo’yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya yetish talab qilinmaydi.
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko’rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo’lsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop yetilgan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim yekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop yetgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar bo’lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga yegadir. Bu qoida bunday asar muallifi o’z shaxsini oshkor yetguniga va o’zining muallif yekanligini ma’lum qilguniga qadar amalda bo’ladi.
Mutlaq mualliflik huquqlari yegasi o’z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo’lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks yettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo’ladi:
aylana ichidagi lotincha «S» harfi;
mutlaq mualliflik huquqlari yegasining ismi-sharifi (nomi);
asar birinchi marta chop yetilgan yil.
Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko’rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan bo’lmasa, mutlaq mualliflik huquqlari yegasi hisoblanadi.
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hammualliflikda yaratilgan asarga bo’lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida yeng uzoq umr ko’rgan oxirgi shaxs vafot yetganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo’lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin yellik yil davomida amal qiladi. Agar ko’rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o’z shaxsini ma’lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o’rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan muddatlar qo’llaniladi.
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta ye’lon qilingan asarga bo’lgan mualliflik huquqi asar ye’lon qilinganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
Mualliflik huquqi, mualliflik ismi-sharifiga bo’lgan huquq va muallif obro’sini himoya qilish huquqi muddasiz muhofaza qilinadi.
Asarga O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o’ta boshlashi uchun asos bo’ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan ye’tiboran boshlanadi.
Turdosh huquqlar obektlari jumlasiga ijrolar, fonogrammalar, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotning ko’rsatuvlari yoki yeshittirishlari kiradi.
Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar subektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar obektini ro’yxatdan o’tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya yetish talab qilinmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko’rsatuv yoki yeshittirishni yefirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslyasiya ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotning ko’rsatuv yoki yeshittirishidan faqat huquq yegasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslyasiya mualliflar, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq yegalarining yefirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning ye’tiboriga yetkazishga bo’lgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
Fonogrammaga va (yoki) bunday fonogrammaga yozilgan ijroga bo’lgan mutlaq huquqlar yegalari o’z huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin bo’lib, bu belgi fonogrammaning har bir nusxasida va (yoki) u saqlanadigan g’ilofda aks yettiriladi hamda quyidagi uch unsurdan iborat bo’ladi:
aylana ichidagi lotincha «R» harfi;
mutlaq turdosh huquqlar yegasining ismi-sharifi (nomi);
fonogramma birinchi marta chop yetilgan yil.
Nomi yoki ismi-sharifi ushbu fonogrammada va (yoki) u saqlanadigan g’ilofda odatiy tarzda ko’rsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqa hol isbotlanmagan bo’lsa, fonogrammani tayyorlovchi deb ye’tirof yetiladi.
Ushbu Qonunda ijrochiga nisbatan nazarda tutilgan huquqlar ijro birinchi marta ijro yetilgandan keyin yellik yil mobaynida amal qiladi.
Ijrochining ismi-sharifga bo’lgan hamda ijroni ijrochining sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday tarzda buzib ko’rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz yetilishidan himoya qilish huquqlari muddasiz muhofaza qilinadi.
Fonogrammani tayyorlovchiga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlar fonogramma birinchi marta chop yetilganidan keyin yellik yil mobaynida yoxud, agar fonogramma uning birinchi yozuvidan keyin yellik yil ichida chop yetilmagan bo’lsa, shu muddat mobaynida amal qiladi.
Yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotning o’z ko’rsatuvi yoki yeshittirishiga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlari bunday ko’rsatuv yoki yeshittirish birinchi marta yefirga uzatilganidan yoki birinchi marta kabel orqali yuborilganidan keyin yellik yil mobaynida amal qiladi.
Turdosh huquqlar obektlariga O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilganda O’zbekiston Respublikasi hududida turdosh huquqlarning amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat turdosh huquqlar obektlari kelib chiqqan mamlakatda belgilangan turdosh huquqlarning amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o’ta boshlashi uchun asos bo’ladigan yuridik fakt ro’y bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan ye’tiboran boshlanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarning qolgan qismi doirasida ijrodan, fonogrammadan, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotning ko’rsatuvi yoki yeshittirishidan foydalanishni amalga oshirish yoxud foydalanishga ruxsat berish va haq olishga bo’lgan huquq ijrochining, fonogrammani tayyorlovchining, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotning merosxo’rlariga (yuridik shaxslarga nisbatan — huquqiy vorislariga) o’tadi.
Qonunda fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, yefir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud yeshittirish beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuvlari yoki yeshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog’liq holda yuzaga keladigan barcha munosabatlarni tartibga soluvchi normalar belgilab berilgan.
Yangiyer shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev.