Янгиликлар
28
Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi
Mirzaobod tuman davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi tomonidan tuman mahalla uyushmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda "Yangi hayot" mahallasida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida yoshlarni mehnat bozorida o‘zlari uchun munosib ish tanlashiga imkoniyat yaratdi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yunalishlarida ishga tushadigan loyihalar hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar burchaklari ham tashkil etildi.
O‘zlariga maqbul keladigan ish qidirib, kelgusida o‘z kasblari va mutaxassisliklari bo‘yicha ma’lum bir ish o‘rniga ega bo‘lish maqsadida mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarga tegishli me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda zarur huquqiy maslahatlar berildi.