Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kontrafakt mahsulot inson hayoti va sog‘lig‘iga, davlat rivoji va tinchligiga jiddiy xavf soladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son qaroriga asosan respublika bo‘ylab har yili bir marta 15-fevraldan 15-martga qadar kontrafakt mahsulotlar realizasiyasiga qarshi real samarali kurashishni ko‘zda tutuvchi hamda targ‘ibot-tashviqot ruhi bilan sug‘orilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligini o‘tkazish belgilangan.


Ushbu oylik doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filialida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Universitetning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirokida ochiq muloqot tarzida o'tgan ushbu savol-javoblarga boy bo‘ldi, boisi mavzu dolzarb va hayotiy.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Akbar axrorov kontrafakt mahsulotlarning inson hayoti va sog‘lig‘iga, davlat rivoji va tinchligiga, farovonligiga jiddiy xavf solishi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.


Darhaqiqat, kontrafakt va xufiya import iqtisodiy xavfsizlikka zarar yetkazadi, bozorning insofli ishtirokchilariga bevosita zarar olib keladi, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladi. Kontrafaksiya, ya’ni boshqaning qonuniy brendidan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Tadbir mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Yakunda ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati