Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya boshqarmasida boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining umumiy yig'ilishi o'tkazildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2023-2025 yillarga tuzilgan “Jamoa shartnomasi” shartlarini 2023-yil yakunida bajarilishi bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.


Unda adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Nazorov, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmatlari xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi A.Tajiyev, boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va a’zolari ishtirok etdi.


Yig'ilishda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Axmadjonovning  “Jamoa shartnomasi” shartlarini 2023-yil yakunida bajarilishi yuzasidan hisoboti eshitildi.

Shuningdek, tadbirda tizim faoliyati samardorligini yanada oshirish, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Yakunda kun tartibidagi masala muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar abelgilab olindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati