Янгиликлар
Korrupsiya taraqqiyot dushmani
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan korrupsiya illati azaldan davlat va jamiyat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan omillardan biri sanaladi.
Ushbu illatga qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshrish, ularda korrupsiyaga qarshi immunitetni mustahkamlash dolzarb vazifa. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bu borada targ'ibot ishlari yanada kuchaytirilmoqda.
“Korrupsiya taraqqiyot dushmani” mavzusiga "Guliston neftbazasi" MCHJda tashkil qilingan seminarda ayni mavzuda so'z bordi.Unda adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari D.Umurzoqova va A.Axrorov ma'ruza bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma'lumot berdi.
Ta'kidlanganidek, poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytiradi.
Muloqotda ushbu illatning salbiy va huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, bu borada vakolatli organlar hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati