Янгиликлар
05
FEVRAL OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Tog‘ayev Safarboy Ulashevich fevral oyida "Oyning eng yaxshi xodimi" deb topildi.
O‘z mehnat faoliyatini 1992-yilda Samarqand shahar sudi sud majlisi kotibi lavozimidan boshlagan Safarboy Tog‘ayev 1997-2018 yillar davomida Adliya vazirligi, Samarqand, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmalarida turli mas’ul lavozimlarda ishladi.
S.Tog‘ayev 2018-2023-yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida, 2023-yildan hozirgi kunda qadar Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Safarboy Ulashevichni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.