Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Partiya xodimlarining huquqiy bilimlari boyitildi


Partiya xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlari boyitildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat partiya tashkiloti Kengashi hamda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda dastlab siyosiy partiyalar faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari, siyosiy partiyalar faoliyatini tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari tushuntirildi.

Shundan so‘ng, “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida huquqiy targ‘ibot o‘tkazilib, asl va qalbaki mahsulotning farqi haqida so‘z yuritildi.

Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi real samarali kurashishni ko‘zda tutuvchi mazkur oylik davomida partiya a’zolari va keng jamoatchilikka bu borada tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Seminar mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lsa-da, partiya xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.