Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya aralshuvi bilan hokim qarori bekor qilindi


Sirdaryo tumani adliya bo'limiga Sirdaryo tumani “Intilish” mahallasida yashovchi fuqaro U.Kazakov tuman hokimligi qaroridan norozi bo'lib murojaat qildi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo tumani hokimligining 2016-yildagi tegishli qarori bilan “Malik” qishloq fuqarolar yigʻini “Intilish” mahallasi aholi punkti hududida bo‘lgan zaxiradagi yerlar 0,04 gadan auksion orqali sotuvga chiqarilgan.

U.Kazakov “Intilish” mahallasi hududida bo‘lgan 248-konturdagi 5-sonli yer uchastkasini auksion savdosida yutib olgan. Biroq, fuqaro ma’lum sabablarga ko‘ra, yutib olgan yerni davlat ro'yxatidan o'tkazmagan.

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida tuman hokimining 2021-yil 5-iyundagi “Sirdaryo tumani Malek SIU Intilish mahallasi hududida joylashgan boʻsh turgan Sobiq yuqumli kasalliklar shifoxonasi binosini ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni uy joy bilan taʻminlash maqsadida tuman hokimligi zahirasiga olish toʻgʻrisida”gi qarori bilan jami 0.5847 ga yer maydoni hokimyat zaxirasiga olinganligi, shundan U.Kazakovga tegishli boʻlgan 0.04 ga yer maydoni ham tuman hokimligi zaxirasiga o‘tganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida qayd etilganidek, xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 36-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish yo‘li bilan bekor qilishga haqli emasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan Sirdaryo tumani adliya bo'limi tomonidan fuqaro manfaatida sudga da'vo arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qarori bilan Sirdaryo tumani hokimligi tomonidan U.Kazakovga tegishli bo'lgan 0.4 ga yer maydonini zaxiraga olish to'g'risidagi qaror bekor qilindi.



Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i