Янгиликлар
23
"Kontrafaktsiz oy" oyligi davom etmoda. Savdo do'konlarida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi
#kontrafakt
Mamlakatimizda “Kontrafaktsiz oy” oyligiga davom etmoqda.
Oylik doirasida tadbirkorlarni halol raqobatga kirishishni ta’minlash, o‘z brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesini himoyalash, savdo rastalarida kontrafakt mahsulot aylanmasini cheklash hamda aholi orasida sifatli, ishonchli mahsulotlarni xarid qilish targ‘ib qilinadi.
Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 23-fevral kuni guliston shahar, Birlashgan ko'chasida joylashgan savdo do'konlarida intellektual mulk huquqlarini buzilishini oldini olishga qaratilgan targ'ibot ishlari amalga oshirildi o'tkazildi.
Mazkur tadbirda tadbirkorlik sub'yektlariga kontrafakt mahsulotlar kataloglari hamda kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shakliga yoʻnaltiruvchi QR-kodli infografikalar tarqatildi.