Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliya boshqarmasida "Ma'rifat soati" o'tkazildi


Yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasiga XXIV bob sifatida advokatura kiritildi. Buning bilan advokatlarning huquqiy maqomi konstitutsiyada ham o’z o’rnini topdi. Unga ko’ra advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanishi, advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi shuningdek advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinishi konstitutsion darajada mustahkamlab qo’yildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’rifat soati”da notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi boshlig‘i Bobur Norbayev аdvokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va sohaga oid yangiliklar haqida keng ma’lumot berdi.

Tadbirda boshqarma tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek “ZOOM” platformasi orqali Notarial arxiv, FHDY arxivi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati