Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya boshqarmasida "Ma'rifat soati" o'tkazildi


Xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Ma’rifat soati” o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir ham ana shu ezgu maqsadlar uchun xizmat qildi.

Tadbirda boshqarma tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek “ZOOM” platformasi orqali Notarial arxiv, FHDY arxivi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirok etdilar.

“Ma’rifat soati”da dastlab Inson resurslari shoʻbasi bosh maslahatchisi A.Mavlanov Adliya vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 359-um-son buyrug‘i mazmuni-mohiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng, Xovos tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi D.Xamadanovaning “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarori mazmuni-mohiyati yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha xodimlarda yuzaga kelgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javob berildi.

Yakunda xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, tizimda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni rejali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati