Янгиликлар
12
Siz hisobot topshirdingizmi?
Ma’lumki, Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari qonuniy faoliyat olib bormoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.
“Siz hisobot topshirdingizmi?” mavzusida Sirdaryo viloyat nodavlat notijorat tashkilotlar uyida tashkil etilgan seminarda e-ngo.uz platformasi orqali hisobotlarni topshirish va uning imkoniyatlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sherdor Rasulov ishtirok etdi hamda e-ngo.uz tizimiga hisobotlarni kiritish bosqichlarini amaliy tarzda ko‘rsatib berdi.
Jarayonda ishtirokchilarning ko‘nikmalari shakllantirildi hamda hisobotlarni to‘g‘ri topshirilishini tashkil etish yuzasidan ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Shuningdek, tadbirda sohaga oid bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati ham to'xtalib o'tildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati