Янгиликлар
12
Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirildi
“Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.
Apellyasiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatildi.
Xovos tuman 2-sonli kasb-hunar maktabida tashkil etilgan seminarda mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Unda Xovos tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Qayumov, Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudi raisi O‘.Yo‘ldoshev, Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudlov xay’ati sudyalari N.Sangirov va X.Mamarasulov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda sud-huquq sohasidagi islohotlar, xususan “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunlar mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati