Янгиликлар
28
“E-qaror” - shaffof, jamoatchilik uchun ochiq tizim
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 390-son qaroriga muvofiq, adliya organlariga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish jarayonlarini monitoring qilish vazifasi yuklatilgan.
Shunga ko‘ra, viloyat, tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan E-qaror tizimi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
Tizim joriy qilinganidan bugungi kunga qadar Sirdaryo viloyati bo‘yicha “E-qaror” tizimi orqali jami 2383 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari qabul qilingan bo‘lsa, shundan 1026 tasi hokim qarorlari, 930 tasi hokim farmoyishlari, 427 tasini mahalliy kengashlarning qarorlarini tashkil etadi.
Shuningdek, joriy yilda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 79 ta normativ-huquqiy hujjatlari adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida 39 ta noqonuniy hujjatlar qabul qilinganligi aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan 21 ta taqdimnomalar kiritilib, 22 ta hujjatlar bekor qilindi hamda 17 ta hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi.
Monitoringlar natijasida ochiq shaklda qabul qilinishi lozim bo‘lgan, biroq yopiq shaklda qabul qilingan 101 ta hujjarlar ochiq shaklga o‘tkazildi.
Masalan, Sayxunobod tuman hokimining 2023-yil 9–oktabrdagi 120-9-126-F/23 sonli “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi farmoyishi, Sirdaryo tuman hokimining 2023-yil 9-oktabrdagi “Sirdaryo tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari taqsimlovchilarining xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori, Sirdaryo viloyat hokimligining 2023-yil 11-dekabrdagi 394-9-0-F/23-sonli mahalliy byudjetning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to’g’risidagi farmoyishi, Mirzaobod tuman hokimining 2023-yil 4-iyuldagi 122-9-125-F/23-sonli “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi farmoyishi, Guliston tuman hokimining 2023-yil 3-oktabrdagi 207-9-124-F/23-sonli “Mablag’ ajratish to’g’risidagi” farmoyishi shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, monitoringlar natijasida yopiq shaklda qabul qilinishi lozim bo‘lgan biroq ochiq shaklda qabul qilingan 56 ta hujjarlar yopiq shaklga o‘tkazildi.
Masalan, Xalq deputatlari Xovos tumani kengashining 2023-yil 23–sentabrdagi VI-65-164-9-129-K/23-sonli, 2023-yil 6-sentabrdagi Xovos tuman hokimining 535-9-129Q/23-sonli qarori, Oqoltin tuman hokimining 2023-yil 5-oktabrdagi 188-9-122-F/23-sonli qarori, Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining 2023-yil 7-oktabrdagi VI-55-133-9-123-K/23-sonli qarori, Sardoba tuman hokimining 2023-yil 8-avgustdagi 223-9-127-Q/23-sonli “Intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorlari shular jumlasidandir.
Xulosa o'rnida aytganda, "E-qaror" elektron tizimi orqali hokimlik hujjatlarini ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish jarayonlari adliya organlari tomonidan doimiy monitoring qilb borilmoqda, bu esa norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikni ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Jahongir Shamirzayev,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshligi