Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

O'qituvchilar o'rtasida "Huquqiy zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi


Intellektual o‘yinlar bugun nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida ham keng ommalashib, mantiqiy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Ana shu ma'noda «Zakovat» intellektual o‘yini ham aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylanib ulgurdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Zakovat intellektual klubi" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan intellektual ringda umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan davlat huquqi va asoslari fani o'qituvchilari o'zaro bellashdilar.

Aytish joizki, ushbu tadbir pedagog xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, jamoa bo'lib ishlash, eng muhimi mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini ko'zladi.

11 ta jamoa o‘rtasida qizg‘in bellashuv va kuchli raqobat asosida o‘tgan o‘yinda ishtiyoq, birdamlik jamoalarni g‘oliblik sari undagan bo‘lsa, tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash kabi jihatlarga ko‘ra ularning ishtiroki baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Xovos tumanining "Mediatsiya" jamoasi egalladi, 2-o‘rin Yangiyer shahar sha'nini himoya qilgan "Advokarlar" jamoasiga nasib etdi, 1-o‘rinni Sirdaryo tumanining "Senat" jamoasi qo'lga kiritdi.

Gʻolib jamoalarga adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari, huquqiy adabiyotlar topshirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati