Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Quyi tuzilmalar faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adxam Shayjigitov Boyovut tuman hamda Shirin shahar adliya bo‘limlari faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Jaryonda har bir xodim bilan suhbatlashildi, sohani yanada takomillashtirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni  bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Muloqotda xodimlar tomonidan huquqiy axborotni tarqatish, FHDY va davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat organlari va tashkilotlarini huquqiy jihatdan ta’minlash, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan masalalar yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Tashrif doirasida adliya bo‘limlarida xodimlar va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.