Янгиликлар
27
“Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida Guliston shahridagi “Yangi hayot” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
Tadbirda mahalla aholisi hamda17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayev dastlab qonunchulikdagi yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurash bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Tadbirda Guliston shahar FXDY bo‘limi mudirasi G.Rasulova oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida mahalla ettiligi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan, Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Dursunova meros masalasi, vorislik huquqi bo‘yicha tushunchalar berdi.
Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglanib, 20 ga yaqin murojaatlar bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat ish yurituvga olibdi.
Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati