Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Siz konstitutsiyadagi huquqingizni bilasizmi?


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yillik bayrami  munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir yoshlarning konstitutsiya haqidagi bilimlarini mustahkamlash, bosh qomusimizga hurmat tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qildi.

Tadbirda Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Safarboy Tog‘ayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyati bo‘yicha vakili Sh.Alimov ma’ruza bilan ishtirok etishdi.

“Siz konstitutsiyadagi huquqingizni bilasizmi?” mavzuda tashkillangan  mazkur tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib,  Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyoti, insoh huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.